Bizda Ipoteka
bor
“Assalom Sohil” turar-joy majmuasi “Golden House” kompaniyasining yangi kompleks rivojlantirish loyihasidir. Bir necha yildan keyin bu yerda rivojlangan savdo va ijtimoiy infratuzilmaga ega qulay turar-joy massivi, turar-joy majmuasi hududida bolalar bog‘chasi va maktab barpo etiladi. Zamonaviy arxitektura, shinam, sokin hovlilar, bolalar va sport maydonchalari, shaxsiy qirg‘oq va sayr qilish joylari – bularning barchasi “Assalom Sohil” turar-joy massividir. Loyihaning ikkinchi va uchinchi liniyalari foydalanishga topshirilib, band qilingan.
Assalom turar joy majmuasi monolit va panelli qurilishning o‘ziga xos afzalliklarini uyg‘unlashtira olgan maxsus mualliflik texnologiya xonadoningiz uchun ishlab chiqilgan. Uylarning qalin va mustahkam devorlari esa uchta qatlamdan iborat. Tashuvchi va qoplama panel orasiga qishda issiq va yozda salqin havoni ushlab turuvchi qo‘shimcha isitgich yotqizilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, mazkur maxsus isitgich qo‘shimcha shovqin izolyatsiyasi va 9 balldan yuqori seysmik qarshilikni ta’minlash imkonini beradi.
Mikrohudud qavatlar soni jihatdan o‘zgarib turuvchi (9-16) qavatli turar joy binolari majmuasi pastki qavatlarida ijtimoiy infratuzilma obyektlari joylashgan 9 qavatli noturar-joy majmuasidan iborat. Hududning barcha ijtimoiy va maishiy infratuzilmasi – Risoviy bozori, Magnit savdo markazi, do‘konlar, kafe va restoranlar bir qadamchalik yaqin masofada joylashgan.
Loyihalashtirish asosiga hudud aholisi uchun qulay muhit tamoyillari muhim jihat qilib olingan. Rejalashtirish loyihasida shuningdek avtomashinasiz hovlilar ham ko‘zda tutilgan. Siz obod, toza va muhofazalanadigan hududda yashaysiz. Majmuaga o‘zining shaxsiy professional texnik xizmati – tozalash va tartibni saqlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi "MMC Kommunalchi" kompaniyasi xizmat ko‘rsatadi. Majmua atrofida 24/7 rejimida tunu-kun videonazorat kameralari o‘rnatiladi.
Joylashuv
"Assalom Sohil" do'stona turar joy majmuasi Yashnobod tumanidagi Farg‘ona yo‘li j ko'chasida joylashgan. Majmuaning markazga yaqin joylashgani sizga shaharning zarur bo‘lgan qismiga bir zumda yetib borish imkonini beradi. Majmuadan uncha uzoq bo'lmagan hududda Risoviy bozori, Islom Karimov nomidagi masjid, "O'zelektroapparat-elektroshild" idorasi, Mirobod tumani FHDYo bo‘limi va boshqalar joylashgan.
Salomatlik
Davlat va xususiy tibbiyot muassasalariga tashrif buyurgan holda salomatligingizni nazorat qilib borishingiz mumkin. Shu yaqin atrofda 3-sonli oilaviy poliklinika, "Universal Lider" va "Avisa Med Servis" xususiy klinikalari, Toshkent xalqaro klinikasi, "Vostok Med Giruda" xalq va sport tibbiyoti klinikasi, shuningdek "Osiyo" sport-sog‘lomlashtirish komplekslari faoliyat yuritmoqda. Majmuadan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda, havaskor sportchilar Mutant, Azia Sport va boshqalarni fitnes markazlarini ham topishlari mumkin.
Ta'lim
Xonadon xarid qilib olishni rejalashtirayotganda, mijozlar tomonidan farzandining ta’lim masalasiga ham katta e’tibor qaratiladi. 158-sonli o‘rta maktab va 553-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi (bolalar bog‘chasi) majmuaga 10-17 daqiqada yetib boruvchi masofada joylashganligini hisobga olgan holda majmua o‘z zamonaviy ta’lim maskanlariga ega bo‘lishi zaruru degan qarorga kelindi.
Savdo nuqtalari
Majmuani qo‘lga kiritganingizdan keyin turli xaridlarni amalga oshirish siz uchun oson bo‘ladi. Uydan bir qadam narida Makro supermarketi, piyoda 15 daqiqalik va mashinada 5 daqiqalik masofada esa Risoviy bozori joylashgan bo‘ladi. Taniqli dunyo ishlab chiqaruvchilarining tijorat butiklari ham majmua hududida joylashgan bo‘ladi.
Ovqat va o'yin -kulgi
Oilangiz bilan sayr qilish uchun "Do‘stlik" xiyoboni juda ma’qul, yaqin atrofda esa Furqat nomli istirohat bog‘i ham bor, kelgusida u yerga uyingizdan bemalol piyoda yetib borishingiz mumkin. "Assalom, Sohil" turar joy majmuasida har bir fuqaro o‘zini qulay his qiladi, chunki ular bemalol do‘stlari bilan uchrashishi va bir piyola qahva ichishi, tushlik qilishi yoki uydan uzoqda bo‘lmagan oilaviy bayramni tashkil etish imkoni mavjud bo‘ladi.