Bizda Ipoteka
bor
Eko-kvartal ASSALOM HAVO – Yashnobod tumanidagi sokin va shinam mahallada joylashgan Golden House kompaniyasining yangi loyihasi. Kompleks ikki bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqich allaqachon qurilgan, sakkizta 5 qavatli binolardan iborat, 2-bosqich beshta 9 qavatli binolardan iborat va faol qurilish ishlari olib borilmoqda.
Loyiha o'zining mualliflik me'morchiligi, obodonlashtirilgan hududi bilan ajralib turadi va ancha katta maydonni egallaydi - 2,12 gektar. ASSALOM HAVO eko-kvartal - shovqindan uzoqda joylashgan yashil hududda, lekin ayni paytda rivojlangan infratuzilmaga va shahar markaziga tez yetib borish imkoniyatiga ega bo'lgan arzon uy-joy izlayotganlar uchun ideal variant.
Kvartirani ta'mirlash
JOYLASHUV
Majmuaning afzalliklaridan biri – Oxangaron avtomagistralida, tom ma'noda 1 daqiqa yurish masofasida joylashgan yer usti metro liniyasining ("4-Bekat") mavjudligidadir. Shuningdek, shu yaqin atrofda avtobus bekatlari, marshrutli taksilar borligi shaharning istalgan nuqtasiga borishni yanada osonlashtiradi.
SALOMATLIK
Majmua yaqinida o‘nlab xususiy va davlat tibbiyot klinikalari, sog‘lomlashtirish markazlari, sport va fitnes klublari joylashgan. Kvartal atrofi obodonlashtirilgan yashil hududda joylashgan.
TA'LIM
Majmua yaqinida bolajonlar uchun bir qanchta umumta’lim maktablari, bolalar musiqa maktabi, futbolga ixtisoslashtirilgan maktab internati, shuningdek ko‘plab bolalar bog‘chalari mavjud.
SAVDO NUQTALARI
Avtoda 5 daqiqada zarur xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin bo‘lgan Aviasozlar bozoriga (Kadysheva) hamda Korzinka supermarketiga yetib borishingiz mumkin.
OVQAT VA O'YIN -KULGI
Kvartalga bir qadam yaqinlikda restoranlar, kafe, Koreya madaniyat uyi mavjud.