Bizda Ipoteka
bor
EKO-KVARTAL Assalom Jomiy – Golden House kompaniyasining loyihasi boʻlib, xalqaro ekologik standartlar asosida o‘ylangan va ishlab chiqilgan. Maqsadimiz – aholimiz band bo‘lgan ish kunlaridan so‘ng o‘z kuchini tiklaydigan, o‘zi va tabiat bilan uyg‘unlikda hayotdan zavqlanadigan qulay ekologik muhit yaratishdir. Biz energiya tejash, ovoz izolyatsiyasi, suvni tozalash, avtomatik sug'orish tizimlari uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanamiz va professional landshaft dizaynerlari bilan ishlab chiqilgan o'zimizning obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish standartlarimizdan foydalanamiz.
Shuningdek, umumiy foydalanish joylarini qurishda va bezashda bir qator ekologik toza materiallardan foydalanamiz. Ekologik kvartalimizda ko‘kalamzorlashtirish va hordiq chiqrish uchun qulay joylar bo‘ladi. Bolalar kun bo‘yi do‘stlari davrasida, kattalar esa turli sport turlari bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan sport va o‘yin maydonchalariga alohida e’tibor qaratamiz. Maslahatchi sifatida Toshkent botanika bog‘i mutaxassislarini jalb qilganmiz. Ular bilan birgalikda blokimizdagi barcha hovli maydonlari uchun barqaror va qulay ekologik muhitni yaratamiz.
Ekokvartal jadal rivojlanayotgan Olmazor tumanida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jomiy aylanasida joylashgan. Bu maskan XV asrning buyuk mutafakkiri, faylasufi va shoiri ilohiyot olimi, nafaqat Usmonlilar saltanatida, balki undan tashqarida ham hurmat va obro‘ qozongan Nuriddin Abdurrahmon ibn Ahmad Jomiy nomi bilan atalgan. Loyihamizda binolardan biridagi bog‘da ulug‘ shoir haykali o‘rnatish orqali mutafakkirga alohida urg‘u beramiz. Savdo ofisimiz kutubxonasida esa tashrif buyuruvchilar o‘zlari bilan shoirning kitoblarini olib, uning ijodi bilan tanishishlari mumkin.
Biz oilangiz bilan maroqli oqshom o'tkazish mumkin bo‘lgan, bemalol bog'dorchilik qila oladigan yoki shunchaki qo'lingizga sevimli kitobingizni olib toza havoda sayr qilishingizga imkon beradigan shinam, sersoya hovlilar yaratamiz
• Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishning yangi standartlari
• Yangi daraxtlar va butalarni ekamiz
• Mavali bog'lar
• Hovlilardagi kichik bog'lar
• Havoni tabiiy namlash tizimi
• Favvoralar va avtomatik sug'orish tizimlari
• Qushlarni boqish uchun oxurlar va mushuklar uchun uylar.
Kvartirani ta'mirlash
Joylashuv
Ekokvartal jadal rivojlanayotgan Olmazor tumanida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jomiy aylanasida joylashgan. Turar-joy majmuasi yaqinida barcha zarur infratuzilma mavjud: bozorlar va do'konlar, kafe va restoranlar, maktab va bolalar bog'chalari, diniy va tibbiyot muassasalari.
SALOMATLIK
Biz hovlida hamma sport zaliga borish uchun vaqtni behuda sarf qilmasdan sport bilan shug'ullanishi va sog'lig'ini mustahkamlashi mumkin bo'lgan maskan yaratamiz: ko'p funksiyali sport maydonchalari, o'yin maydonchalari, ochiq havoda work-out zonalari, yoga maydonchalari, yugurish yo'lakchalari, velosipedda yurish yo‘laklari, turar-joy binolari atrofida sayr qilish yo‘laklari shular jumlasidandir.
TA'LIM
Majmuadan piyoda masofada bir nechta umumta'lim maktablari, Kembrij bolalar bog'chasi, xususiy bolalar bog'chalari, shuningdek, ko'plab litsey va kollejlar mavjud.
SAVDO NUQTALARI
3 daqiqalik piyoda masodada siz "Jomiy" qurilish gipermarketiga va "Korzinka" supermarketiga borishingiz mumkin, u yerda siz barcha kerakli xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin.
OVQATLANISH VA HORDIQ CHIQARISH
Bizning blokdan piyoda masofada Baroco restorani, Feed-up kafesi, Bellissimo Pizza pitseriyasi va boshqa ko'plab muassasalar joylashgan.